AsosiyJamiyat

“Dunyo — quyosh bolalari nigohida!”

'“Dunyo — quyosh bolalari nigohida!”'ning rasmi

Farzand — mehru muhabbat mevasi, oilaning ziynatidir. Ularning qadami uzra umrimizga ma`no-mazmun, hayotimizga ziyo taraladi.

Daun sindromi... Kelib chiqishi bo`yicha aniq bir sabab mavjud bo`lmagan kasallik. Kasallik hujayralarning bo`linish jarayonidagi tasodifiy buzilishi natijasida kelib chiqishi aniqlangan. Demak, bolaning ushbu sindrom bilan tug`ilishida hech kim aybdor emas. Ammo shunga qaramay, aksariyat holatlarda oilada kasallangan bolaning tug`ilishi bir-birini ayblash, qiyinchiliklarga dosh bera olmaslik oqibatida ayniqsa erkaklarning oilani tashlab ketish holatlari ko`plab kuzatiladi. Oila – jamiyatning negizi, sog`lom bola esa eng katta boylikdir Mamlakatimizda salomatlik boradasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 24-26 oktyabr kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi hamda “Bilimdon” nodavlat ta`lim muassasasi bilan hamkorlikda “Dunyo — quyosh bolalari nigohida!” shiori ostidagi mahorat darslari tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Respublika skrining markazi hamda Daun Sindiromi Amerika Milliy Jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Oktyabr — Daun sindromi bilan tug`ilgan bolalar bilan ishlash oyligi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi bosh mutaxassisi Hayotbek Qosimov oktyabr oyi – Daun sindromi bilan tug`ilgan bolalar bilan ishlash, ularning oilasi, turmush tarzi bilan yaqindan tanishish oyligi ekanligi shunindek, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 3 kunlik maxsus o`quv-seminarlarini tashkil etilganligini ma`lum qildi. Tadbirda kasallikning kelib chiqishi, uning belgilari va davolash profilaktikasi doirasida ikki nufuzli davlat o`rtasidagi tajriba almashinuvi va muzokaralar olib borilishini ta`kidladi.

Maxsus treninglar davomida Respublika skrining markazi vakillari “Quyoshli xromosoma” mavzusida o`z taqdimotlarini namoyish qildi. Ishtirkochilar uchun o`tkazilgan mahorat darslarida “Daun sindiromi” ning kelib chiqish sabablari va ushbu sindrom bilan tug`ilgan bolalar bilan ishlash tizimi hamda “Daun sindrom”li bolalarning erta rivojlanishi uchun kerakli amallar to`g`risida to`xtaldi.

Daun sindromiga chalinganlar uchun ta`lim muassasasi bormi?

— Daun sindromi bilan tug`ilgan bolalarda boshqa bolalarga nisbatan aqliy va jismoniy ortda qolish kuzatiladi. Ular o`z oila a`zolariga o`xshagani bilan yuz tuzilishi jihatidan hammadan ajralib turadi. Kasallikni davolab bo`lmasa-da Daun sindromi bilan tug`ilgan bolaga maxsus jismoniy va aqliy muolajalarni o`tkazib, uning rivojlanishini yaxshilash, jamiyatda o`z o`rni bo`lishi uchun imkoniyat yaratib berish mumkin, deydi —“Bilimdon” nodavlat ta`lim muassasasi logoped-diffektologi Muhayyo Saidova — Ayni shu kasallik bilan tug`ilgan bolalarning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish maqsadida «Bilimdon» nodavlat ta`lim muassasasi tashkil etilgan. Bugungi kunda mazkur muassasa Daun sindorimiga ega bo`lgan bolalar bilan muntazam ravishda faoliyat olib boradi. Bizda chaqaloqlikdan boshlab 7-8 yoshgacha bo`lgan barcha bolalar to`lov asosida qabul qilinadi.

Amerikada shbu sindromga chalingan juftlikdan sog`dlom farzandlar dunyoga keldi

“Daun Sindiromi Amerika Milliy Jamiyati” vakili Sara Djo Solderi “Daun Sindromli bolalarni dastlabki rivojlanish va inklyuziv ta`limga tayyorlash dasturi” mavzusida Amerika tajribasidan kelib chiqqan holda maxsus o`quv darslarini o`tib berdi. Daun Sindromli bolalar bilan ishlashning zamonaviy usullari xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Bunday sindromga ega bolalarning kelajagi borligi ular ham oila qurishga haqliligi bilan birga bu toifadagi insonlardan sog`lom farzandlar dunyoga kelishi mumkinligi aytildi. Mahorat darslarida Amerika davlatidagi xuddi shu dard bilan kasallangan insonlar turmush qurgani, ulardan sog`lom farzandlar dunyoga kelgani dalil sifatida keltirildi.

—Mening o`g`lim ham ushbu kasallik bilan dunyoga kelgan. Salbiy tashhislardan havotirga tushib, huzurimni yuqotgandim. Boshida bu holat chuqur o`lantirib tashvishga solib qo`ygandi. “Endi dilbandimning holi nima kechadi, uni qanday kelajak kutmoqda?”, degan savollar bilan qo`rquv ostida yashardim. Lekin yillar o`tib, bolamga mehrim tushib, bu g`am-g`ussalarim ancha aridi. Har bir inson o`ziga xos yaralgan. Farzandimning boshqalardan farqi bor-yo`g`i bitta qo`shimcha xromosoma bilan tug`ilgan. Shu sabab aqliy rivojlanishi jihatidan tengqurlaridan biroz ortda qolsa-da, boshqa bolalardan ko`ra anchagina mehribon. Ular bejizga “Quyosh bolalari” emasda, — deydi Hamidjon Abduraimovning onasi Zuhra Hakimova. — Bolamdagi g`amxo`rlik, mehr-muhabbat tuyg`ulari qalbimga taskin berib, hayot zavqini ulashib turadi. Hamidjon hozirda 16 yoshga to`ldi. Poytaxtdagi 25-ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil oladi. O`qishdan tashqari ham qiziqishlari, iqtidorini rivojlantirishga harakat qilib boraman. Pianino chalish jon-u dili. Bu ist`ddodini yanada yuksaltirish uchun Iroda Husayinovadan dars berishlarini iltimos qildim. Hozirda ustozidan bir qancha musiqalarni chalishni o`rganib olgan. Men shunday ichki olami boy iqtidorli farzandim borligi bilan faxrlanaman.

    Boshqa yangiliklar