24 oktyabr holatiga GM Uzbekistan AJ rasmiy dilerlari tomonidan “45 daqiqada avtomobil!” dasturi bo`yicha xaridorlarga 398 dona avtomobil taklif qilinmoqda.
Bugun savdoda 325 dona Spark va 73 dona Cobalt avtomobili bor.
Pozisiyalar kesimida Spark 2-poz M/T, 3-poz A/T, 4-poz evro A/T, 2-poz evro M/T, Cobalt 1-poz evro A/T, 1-poz evro M/T, 4-poz evro A/T, 2-poz evro A/T taqdim etilgan.
Kompaniya turli vajlarda qo`shimcha mablag` talab qilish holatlari yuzaga kelsa zudlik bilan kompaniyaning Call-markazi yoki O`zbekiston Bosh prokuraturaga murojaat qilish so`ralgan.






