AsosiyDunyo

Pyotr Karimovning da`vosi bo`yicha sud ishi to`xtatildi

'Pyotr Karimovning da`vosi bo`yicha sud ishi to`xtatildi'ning rasmi

O`zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning o`g`li Pyotr Karimovning “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasiga qarshi ishi to`xtatildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ish masala bo`yicha da`vogar va javob beruvchi o`rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli to`xtatildi. Ushbu ish 24 oktyabrda yakunlandi.

Eslatib o`tamiz, Pyotr Karimov "O`zbekiston havo yo`llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so`rab, Moskva Tver sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qilgandi.

Da`vo arizasi "to`lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo`yicha nizolar" mazmunda topshirilgan.

Pyotr Karimov 2004 yildan 2017 yil aprel oyigacha “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar