AsosiyJamiyat

Poytaxtda besh qavatli yangi kitob savdo majmuasi ishga tushirildi

'Poytaxtda besh qavatli yangi kitob savdo majmuasi ishga tushirildi'ning rasmi

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Qatortol ko`chasida besh qavatli yangi kitob savdo majmuasi ishga tushirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mazkur majmuaning ochilishi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda yurtimizda faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat nashriyot vakillari, adabiyotshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, o`quvchi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.http://admin.darakchi.uz/article/create

Karnay-surnay sadolari ostida kutib olingan mehmonlar dastlab kitob do`koni va u erdagi nashrlar bilan tanishdi. Bayram tadbirida so`zga chiqqanlar kitob va uning inson hayotida tutgan o`rni, kitobxonlik madaniyati va ayni masalalarga davlatimiz tomonidan berilayotgan e`tibor xususida so`z yuritdi. Bunyod etilgan mazkur muhtasham kitob majmuasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori samarasi ekanligi ta`kidlandi.

“Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi kitob savdo tizimi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ochilgan mazkur kitob majmuasiga mamlakatimizning turli etakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar joylashtirildi. Shuningdek, bu erda Rossiya va qardosh mamlakatlardan keltirilgan 3 ming nomdan ziyod o`zbek, rus, ingliz, nemis tillaridagi sara nashrlar bor.

Kitobxonlar do`konning ikkinchi qavatidagi kutubxonadan hamda internet tarmog`idan bepul foydalanishlari mumkin. Quvonarlisi, kitob majmuasiga bog`cha yoshidagi va bog`cha yoshigacha bo`lgan farzandlar bilan birgalikda borsa ham bo`ladi. Pastki qavatdagi bolalar uchun mo`ljallangan bo`lim farzandlarda kitobga nisbatan mehr uyg`otishda yordam beradi. Bu erda ular nafaqat kitob tanlashlari va sotib olishlari, balki maxsus ajratilgan joylarda rangli-bezakli kitoblarni bo`yashlari, shaxmat, shashka kabi turli aqlni charxlovchi o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishlari mumkin.

7.JPG

Mazkur kitob majmuasida til o`qitish klublari ham tashkil qilingan bo`lib, xorijiy tillar yoshlarga bepul o`rgatiladi. Binoning yuqori qavatlariga esa “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tahririyati joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar