AsosiyDunyo

Saudiyalik jurnalist Jamol Xashogiyning o`limi yuzasidan izoh berilmagani qattiq tanqid ostiga olindi

'Saudiyalik jurnalist Jamol Xashogiyning o`limi yuzasidan izoh berilmagani qattiq tanqid ostiga olindi 'ning rasmi

Fransiya parlamenti a`zolari prezident Emmanuel Makronning saudiyalik jurnalist Jamol Xashogiyning o`limi yuzasidan izoh bermayotganini qattiq tanqid ostiga olishdi, deb xabar qilmoqda Mir24.tv nashri.

Makron dengiz flotiga tashrifi chog`ida voqea yuzasidan izoh so`ralganda, javob berishdan bosh tortgan. Parlament a`zolari esa bu holatdan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. Agar Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning o`limida aybdorligi isbotlansa, u holda Fransiya ushbu mamlakatga qarshi sanksiyalar joriy etadi.

– Mazkur ish yuzasidan faktlar aniqlanib, razvedka xizmatimiz tomonidan tasdiqlanmaguniga qadar bir qarorga kelmaymiz, – dedi Fransiya hukumati rasmiy vakili Benjamen Grivo.

20-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Bosh prokurori Xashogiyning o`limi yuzasidan 18 kishini qo`lga olinib, so`roq qilinishini ma`lum qilgan. Fransiya esa birinchilar qatori jurnalistning o`ldirilishini qoralab chiqdi.

    Boshqa yangiliklar