AsosiyJamiyat

Iqtidorli talabalarga Davlat stipendiyalari tayinlandi

'Iqtidorli talabalarga Davlat stipendiyalari tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo`yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2018/2019 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga olti xil Davlat stipendiyalari tayinlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

186 nafar iqtidorli talaba O`zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga sazovor bo`ldi:

– 55 nafari Navoiy Davlat stipendiyasi;

– 56 nafari Beruniy Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ulug`bek Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasi;

– 2 nafari Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi;

– 55 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasi.

Sovrindor talabalarga 2018 yil 1 sentyabridan boshlab joriy o`quv yili davomida Davlat stipendiyasi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar