AsosiyJamiyat

Vazirlik tarqalgan fotosurat yuzasidan jamoatchilikka iltimos bilan chiqdi

'Vazirlik tarqalgan fotosurat yuzasidan jamoatchilikka iltimos bilan chiqdi'ning rasmi

27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi bo`yidagi suv to`la ariq ichida turgan olti erkakning fotosurati tarqaldi. Ushbu fotosurat yuzasidan O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoatchilikka iltimos bilan murojaat qildi.

«Vazirlik ushbu fotosurat olingan joy va bunga sabab bo`lgan vaziyatni aniqlashga yordam beradigan har qanday axborotni taqdim etishingizni so`raydi. Har qanday axborotni +99895-145-88-44 telefon/Telegram raqamiga qo`ng`iroq qilish yoki vazirlikning Facebook’dagi sahifasiga shaxsiy xabar yo`llash orqali ma`lum qilishingizni so`raymiz», - deyiladi vazirlik murojaatida.

    Boshqa yangiliklar