AsosiyJamiyat

Prokuratura xodimlariga uy va mashina uchun foizsiz qarz beriladi

'Prokuratura xodimlariga uy va mashina uchun foizsiz qarz beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mazkur nizom O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg`armasining boshqaruv xodimlari, shuningdek, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan foizsiz qarz berish tartibini belgilaydi.

Bunda qarz berish masalalarini ko`rib chiqish uchun komissiya tashkil etiladi.

Xodim qarz olish uchun komissiyaga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport nusxasi;
  • uy-joy yoki avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  • kafilning pasporti nusxasi va daromadlari to`g`risidagi ma`lumotnoma.

Qarz miqdori sotib olinadigan uy-joy va avtotransport vositasi qiymatining 25 foizidan oshmasligi lozim.

Qarz shartnomasi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg`armasi va xodim o`rtasida, qoida tariqasida, avtotransport vositasi bo`yicha 5 yil, uy-joy bo`yicha esa 10 yil muddatga tuziladi.

Xodimning ehtiyojini inobatga olib, muayyan kredit turi uchun qarz berilgan vaqtdan 3 yil o`tgach va qarz to`liq qaytarilgan taqdirda ana shu kredit turi bo`yicha takroran qarz berilishi mumkin.

Xodimga qarz berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

    Boshqa yangiliklar