Gollivudlik aktyori Robert de Niroga hamda AQShning sobiq bosh vaziri Jo Bayden va sobiq bosh prokuror Erik Xolderlarga shubhali buyum solingan jo`natma pochta orqali keldi, deya xabar qildi The Hollywood Reporter nashri.
Tekshiruv natijasiga ko`ra, unda qo`lbola bomba bo`lgan. Avvalroq portlovchi qurilma jo`natmalari sobiq prezident Barak Obama va yana bir nechta davlatning sobiq amaldorlariga ham yuborilgan edi. Ular orasida Xillari Klinton va milliarder Jorj Soros ham bor.
Bombalarning nima uchun va kim tomonidan aynan sobiq amaldorlarga yuborilayotgani hozircha sirligicha qolmoqda. Prezident Donald Trampning fikriga ko`ra, ushbu jo`natmalar uning raqiblari tomonidan amalga oshirilmoqda.






