AsosiyDunyo

Fransiyalik maktab o`qituvchisi o`zini o`rgimchak-odam sifatida sinab ko`rdi

'Fransiyalik maktab o`qituvchisi o`zini o`rgimchak-odam sifatida sinab ko`rdi 'ning rasmi

Fransiyalik maktab o`qituvchisi 56 yoshli Alen Robert Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan eng baland binoda o`zini o`rgimchak-odam sifatida sinab ko`rdi, deb xabar qildi TASS nashri.

Gap shundaki, u balandligi 230 metr bo`lgan Xeron minorasiga hech qanday qurilmalarsiz osilib chiqqan. Bu jarayonni Robert deyarli bir soat davomida amalga oshirdi. Alen Robertning so`zlariga ko`ra, o`qituvchilik uning kasbi bo`lsa, osmono`par binolarga chiqish uning xobbisi.

U bu ishni 11 yil avval boshlagan va hozirga qadar Dubaydagi Burj-Xalifa, Parijdagi Eyfel va shu kabi dunyoning eng mashxur 150 dan ortiq minoralariga ko`tarilgan. O`zini o`rgimchak-odam deb ataydigan Alen Robert ayrim holatlarda bu ishni tegishli idoralardan ruxsatsiz bajaradi va jarimaga tortiladi.

    Boshqa yangiliklar