Samarqand avtomobil zavodi “SAZ LE60” rusumli 20 ta yangi avtobuslarni “Toshshahartransxizmat” AJga taqdim etdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“SAZ LE60” rusumli avtobus barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Unda umumiy yo`lovchilar sig`imi 56 kishini tashkil etadi. Xususan, avtobusda 25 ta yumshoq o`rindiqlar va kondisioner mavjud. Shuningdek, avtoulov imkoniyati cheklangan insonlar uchun avtobusga chiqish va joylashishni osonlashtiradigan “knilling” tizimi bilan jihozlangan.
Ma`lumot uchun, Toshkent shahriga yil yakuniga qadar yana 60 ta yangi “SAZ LE60” rusumli avtobuslar keltirilishi belgilangan.






