1

Harbiy xizmatchilar murakkab tog` sharoitida shartli yaradorlarni qutqardi

Jamiyat 29.10.2018, 23:19
Harbiy xizmatchilar murakkab tog` sharoitida shartli yaradorlarni qutqardi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari Baxmal tumanida joylashgan tog`li hududda murakkab amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda o`tkazilgan mashg`ulotlar harbiy xizmatchilarda tez o`zgaruvchan harorat, tuman va bulutli havo, kislorod siyrak bo`lgan sharoitlarda harakatlana olishlarida ko`nikma hosil qiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mashg`ulot davomida tik qoyali joylarda yaralanganlarni evakuasiya qilish, tog` tabiiy to`siqlarini engib o`tish va o`quv jangovar vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi. Tog`li hududlardagi jangovar harakatlar asosan dovonlarni, tepalik va o`tish yo`llarini egallab turish, qo`shin kolonnalarini olib o`tish uchun imkoniyat yaratishga qaratiladi. Bu harakatlarda ko`p sonli qo`shin emas, aksincha, kichik guruhlar qo`llaniladi. So`nggi yillarda dunyoning turli nuqtalarida bo`layotgan harbiy harakatlar tahlili asosida ishlab chiqilayotgan o`quv mashg`ulotlari Mudofaa vazirligi qo`shinlarida kundan-kunga takomillashtirilmoqda.

photo5384102270360201590.jpg

«Shu kunlarda qishki mashqlarga tayyorgarlik ko`ryapmiz. Qor va izg`irin ayozda yashovchanlikni oshirish bo`yicha mashqlarni o`tkazishni rejalashtiryapmiz. Barcha zarur anjomlar bilan mana shu tog`larga chiqib, bir sutkalik mashg`ulotlarni guruhlar miqyosida musobaqa tarzida tashkillashtirishni ko`zda tutganmiz», – deydi serjant Alisher Kattaqulov.

photo5384102270360201591.jpg

Harbiy qism qo`mondonligi ta`kidlashicha, shaxsiy tarkibning mashg`ulotlari bir-birini takrorlamaydigan, aksincha, bir-birini to`ldiradigan yangi usullarda o`tkazilmoqda. Bunda tog` sharoitlarida bo`linmadan ajralgan holda mustaqil harakat qilish va shu orqali harbiy xizmatchining bardoshi va irodasini chiniqtirish nazarda tutilmoqda.

photo5384102270360201593.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1