AsosiyJamiyat

Shumanayda yo`lovchi poezdi "Neksiya" bilan to`qnashib ketdi (video)

'Shumanayda yo`lovchi poezdi "Neksiya" bilan to`qnashib ketdi (video)'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Shumanay tumanida yo`lovchi poezdi avtomobil bilan to`qnashib ketgan. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi IIB xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, , 28 oktyabr kuni Shumanay tumani “Begjap” ovul fuqarolar yig`ini hududida "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi yo`l harakati qoidalariga zid ravishda poezd yo`lini kesib o`tishga uringan. Natijada “Qo`ng`irot-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha yuqori tezlikda harakatlanayotgan 54-sonli yo`lovchi tashuvchi poezd avtomobilni urib yuborgan.

Yo`l-transport hodisasi natijasida "Neksiya" avtomashinasi haydovchisi, Qonliko`l tumanida yashovchi B.K. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. To`rt nafar yo`lovchiga esa voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


    Boshqa yangiliklar