1

XMT: Majburiy mehnatga barham berishga oid ushbu hujjat juda to`g`ri va qat`iy qaror bo`ldi

Jamiyat 29.10.2018, 23:12
XMT: Majburiy mehnatga barham berishga oid ushbu hujjat juda to`g`ri va qat`iy qaror bo`ldi

Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida bug`doyni vaqtida sug`ormagani uchun olti mutasaddining suv oqib turgan ariqqa kiyimi bilan tushirilgani bilan bog`liq holat internet va ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan keng muhokamaga sabab bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik va uning har qanday ko`rinishiga barham berish masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida bu holat keskin tanqid qilindi.

Majlisda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta`minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligi ta`kidlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar va majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar ko`rilgani haqida ta`kidlab o`tgan.

Shunga qaramay, ayrim joylarda eskicha ishlash prinsipidan voz kecholmayotgan, uni qo`msayotgan rahbarlar ham yo`q emasligiga e`tibor qaratildi. Bugungi islohotlarning mazmun-mohiyatini etarli darajada tushunib etmayotgan ana shunday rahbarlarning xatti-harakatidan davlatimiz rahbari norozi ekani, bu kabi kamchiliklarga qarshi qat`iyat bilan kurashish, majburiy mehnatga biror-bir sohada yo`l qo`ymaslik lozimligi aytildi.

Yig`ilishda ishtirok etgan Xalqaro mehnat tashkilotining uchinchi tomon monitoringi loyihasi Bosh texnik maslahatchisi Jonas Astrup o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

– Asosiysi bu holat emas, ushbu holatga davlat, hukumatning munosabati, ya`ni pozisiyasi. Davlatingiz rahbari tomonidan qabul qilingan majburiy mehnatga barham berishga oid ushbu hujjat juda to`g`ri va qat`iy qaror bo`ldi. Buni Xalqaro mehnat tashkilotining vakili sifatida qo`llab-quvvatlayman, – dedi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1