1

Turkiya kompaniyasi O`zbekistonda zamonaviy sport inshooatlarini bunyod etadi

Jamiyat 30.10.2018, 14:25
Turkiya kompaniyasi O`zbekistonda zamonaviy sport inshooatlarini bunyod etadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yurtimizda quriladigan sport ob`ektlarining jahon andozalariga mosligini ta`minlash va ilg`or xorijiy tajribalarni o`rganish maqsadida qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilmoqda.

Xususan, Turkiyaning “Vahadir kul mimarlik inshaat taah.tic.ve san” LTD loyiha kompaniyasi bilan o`tkazilgan uchrashuvda kompaniya tomonidan yangi texnologiyalar va engil konstruksiyalar asosida loyihalashtirilgan ob`ektlar taklif etildi, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Kompaniya tomonidan vazirlikka taqdim etilgan loyihalarning ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu loyihalar jahon standartlari talabiga javob berishi bilan bir qatorda sport turlariga qarab ixtisoslashgan loyihalar hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvda quriladigan sport inshootlar uzoq muddat samarali xizmat qilishi lozimligini ta`kidlab, yurtimizning har bir hududidagi mahalliy sharoitni inobatga olgan holda loyihalar ishlab chiqishni so`radi.

Uchrashuv yakunida o`zaro hamkorlikni samarali yo`lga qo`yish bo`yicha bir qancha muhim kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1