1

Sudyalar hayoti va sog`lig`i davlat tomonidan majburiy sug`urta qilinadi

Jamiyat 30.10.2018, 17:02
Sudyalar hayoti va sog`lig`i davlat tomonidan majburiy sug`urta qilinadi

Davlat tomonidan majburiy sug`urta qilish shartnomasi Konstitusiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud tomonidan “O`zagrosug`urta” AJ bilan bir yil muddatga tuziladi.

Hukumat qarori bilan Sudyalarning hayoti va sog`lig`ini davlat tomonidan majburiy sug`urta qilish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, davlat tomonidan majburiy sug`urta qilish shartnomasi Konstitusiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud tomonidan “O`zagrosug`urta” AJ bilan bir yil muddatga tuziladi.

Majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta summasi sudyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.

Sug`urta mukofoti sug`urta qilingan shaxslar sonini sug`urta summasiga va 0,238 foiz miqdorida belgilangan sug`urta tarifiga ko`paytirish yo`li bilan hisoblab chiqiladi.

Shuningdek, nizomga ko`ra sug`urta qilingan shaxs quyidagi huquqlarga ega:

• sug`urta to`lovini to`lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilish;

• sug`urta to`lovi olish;

• belgilangan tartibda hayoti yoki sog`lig`iga zarar etkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish;

• sug`urtalovchi haqidagi barcha zarur ma`lumotlarni olish.

Nizomda sug`urtalovchi quyidagi holatlarda sug`urta to`lovini to`lashi qayd etilgan:

• sudya ishlayotgan davrda yoki vakolat muddati tugaganidan keyin o`z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog`liq holda olingan tan jarohatlari yoki sog`lig`ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok bo`lganda — uning merosxo`rlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;

• sug`urta qilingan shaxsga o`z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog`liq holda kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug`ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo`lishi yoki sog`lig`ining boshqacha tarzda shikastlanishi oqibatida nogironlik belgilangan bo`lsa — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;

• sudyaga o`z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog`liq holda kasbga doir faoliyat bilan shug`ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo`qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari etkazilganda — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1