1

Yong`inga qarshi texnik xizmat ko`rsatish faoliyati lisenziyalanadi

Jamiyat 31.10.2018, 12:19
Yong`inga qarshi texnik xizmat ko`rsatish faoliyati lisenziyalanadi

Hukumat qarori bilan Yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlash signalizasiyalarini, yong`indan darak beruvchi va qo`riqlash-yong`indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalash to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, lisenziyalash suvli, gazli, kukunli yong`inni o`chirish qurilmalarini, qo`riqlash signalizasiyalarini, yong`indan darak beruvchi va qo`riqlash-yong`indan saqlash va yong`in haqida xabar berish signalizasiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha faoliyatga tatbiq etiladi.

Nizom bilan mazkur faoliyatni lisenziyalash Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Lisenziya olish uchun talabgor tomonidan taqdim etiladigan zarur hujjatlar:

• lisenziya berish to`g`risida ariza;

• lisenziyalovchi organ tomonidan ariza ko`rib chiqilganligi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat;

• mutaxassislarning malaka tarkibi to`g`risida tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma`lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to`g`risidagi hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan ma`lumotlar;

• lisenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to`g`risidagi ma`lumotlar.

Lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda:

• ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o`talmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning;

• ruhiy kasalliklar, giyovandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.

Lisenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o`n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Avtotransport vositalarida o`rnatiladigan yong`inga qarshi texnik xizmat ko`rsatish faoliyati lisenziyalanmaydi.

Lisenziyalash quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:Lisenziyalash quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1