1

​Uychi tumanida o`qituvchilarni paxta terimiga jalb etish holati oldi olindi

Jamiyat 31.10.2018, 22:17
​Uychi tumanida o`qituvchilarni paxta terimiga jalb etish holati oldi olindi

Namangan viloyatining Uychi tumanida xalq ta`limi xodimlarining paxta terimiga jalb etish holati oldi olindi, deb yozmoqda Marifat.uz nashri.

Uychi tumani hokimi xalq ta`limi bo`limi mudiridan Toshkent viloyatiga bir nafardan maktablarning mavsumiy ishchilarini paxta terimiga yuborishni talab qilgan.

Shunda hokim tumanning barcha maktab direktorlarini to`plab berishni va ular bilan suhbatlashishini aytgan. Maktab direktorlari bilan uchrashuv davomida tuman hokimi paxta terimiga bir nafardan xodim ta`minlab berish yuzasidan topshiriq bergan.

Uychi tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri Sh.Murodov maktab rahbarlariga hokim topshirig`ini bajarmaslik yuzasidan topshiriq berib, xalq ta`limi xodimlarini paxta terimi jarayoniga jalb etish holatini oldini olgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 17 iyul kuni o`tkazilgan umumiy o`rta ta`lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda o`qituvchilarning turli nazorat organlari tomonidan tekshiruvini cheklash, obodonlashtirish ishlariga o`qituvchilarni jalb qilish, turli yig`ilishlarda ishtirok etish, obuna kampaniyasi va o`zlarining vakolatlari doirasida bo`lmagan boshqa ishlarga jalb qilishni taqiqlash zarurligi ta`kidlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1