Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Vaqf” xayriya jamoat fondi ham dinimizning yuqoridagi ko`rsatmalariga sodiq qolib, joylarda insonlar holidan xabar olib, ularning qalbiga xursandchilik olib kirishga harakat qilmoqdalar.
Jumladan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasiga 2 ta nogironlar aravachasi etkazib berildi.
Kuz fasli ham o`tib borib, kunlar soviy boshladi. Ha, qish eshik qoqmoqda. Sovuq ob-havoda kattalarku bir ilojini qilar, ammo bolalar shamollab qolishi, qiynalishi mumkin. Shuning uchun ularni qishki issiq kiyimlar bilan ta`minlash masalasi muhimdir.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan bu muammoni biroz engillatish borasida bir qator amaliy ishlar qilib kelinmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyati G`azalkent tumanidagi 125-sonli ixtisoslashtirilgan imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatiga qishki issiq sport kostyumlari va anjomlari etkazib berildi.
Bolalar ko`zidagi quvonch, o`ksik dillardagi surur, qalb to`ridan otilib chiqqan duolar, Alloh nasib etsa, ijobat bo`lajak va Fondning bu kabi muruvvat, oliyjanoblikka yo`g`rilgan ishlari yanada keng quloch yoyajak.