1

Poytaxtlik ayol 25 ming dollarini boy berdi

Jinoyat 02.11.2018, 15:30
Poytaxtlik ayol 25 ming dollarini boy berdi

Poytaxtlik Z.M ismli ayolga S.O ismli erkak “karbamid” olib kelib sotilsa, yaxshi foyda qolishi haqida so`z ochadi. Aftidan erkak ayolning puli borligini bilib, uni chuv tushirishni ko`ngliga tuggan.

Osongina keladigan daromad haqida eshitgan ayol puli yanada ko`payishini istab qoldi. Erkakka shu maqsadda 25 ming AQSh dollarini berib yubordi. S.O esa pulni qo`lga kiritgach, uni o`z ehtiyojlariga ishlatib yubordi.

Na daromadli mahsulotdan, na puldan darak bo`lmagach Z.M. firibgarga chuv tushganini fahmladi. Shundan so`ng u Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga bu haqda murojaat qildi.

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtomashina bozorida ham shunga o`xshash holat ro`y bergan. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.M. “Neksiya” rusumli avtomashinasini sotish uchun bozorga olib chiqqan. Noma`lum shaxs kelib keyinchalik sotib olish sharti bilan 24 oy davomida har oyda 500 dollardan jami 12 ming dollar to`lab berishini aytadi. S.M. bunga rozi bo`ladi va avtomobilini unga berib yuborgan.

Biroq, xaridorning maqsadi butunlay boshqacha edi. U avtomashinani olib ketgach, uni bo`laklarga ajratib, noma`lum shaxslarga sotib yuborgan. Pulini esa o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Og`zaki kelishuvga ishongan avtomobil egasi ham na puldan na avtomobilidan darak bo`lmagach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

Organ xodimlarining sa`y-harakati bilan ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashovchi 23 yoshli T.A.ni ushlash choralari ko`rilgan.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, ushbu ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1