1

Zangiotada akusher-ginekolog pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 02.11.2018, 22:02
Zangiotada akusher-ginekolog pora bilan qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasining ginekologiya bo`limi akusher-ginekolog shifokori S.M. shaxsiy manfaatlarini ko`zlab, fuqaro G.X.ning 4 oylik homilasini tushirib berish evaziga tamagirlik yo`li bilan 1 mln. 400 ming so`m pulni pora tariqasida olganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar tarqatdi.

Shuningdek, tadbirda fuqaro G.X.ning 16 haftalik homilasi borligi aniqlanib, homiladorlik muddati 12 haftadan ortiq bo`lgan shaxsning homilasini sun`iy tushirish mumkin emasligi haqida akusherlik-ginekologiya shifokor bo`yicha mutaxassisning xulosasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo`limi akusher-ginekolog shifokori S.M.ga nisbatan O`zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1