AsosiyJamiyat

Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham Toshkentda propiskaga qo`yiladi

'Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham Toshkentda propiskaga qo`yiladi'ning rasmi

Xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilangan tashkilotlar soni yana bittaga ko`paydi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi qarori bilan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi.

Ma`lumot uchun, ro`yxatda shu paytgacha 71 ta tashkilot mavjud edi.

    Boshqa yangiliklar