AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etiladi

'O`zbekistonda Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etishga rozilik berdi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 5 noyabrida “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur qaror bilan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazini tashkil etish to`g`risidagi taklifga rozilik berildi.

Toshkent xalqaro arbitraj markazi investisiyalar bilan bog`liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishning zamonaviy va xalqaro standartlarga asoslangan mexanizmlarini shakllantirish, investisiya muhitini yaxshilash, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini mustahkamlash kabi maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar