- Hayotingizdagi har bir murakkab vaziyatga bu vaqtinchalik deb qarang. Tushkunlik sizni o`z domiga tortishiga yo`l qo`ymang. Ana shunda murakkab vaziyatdan chiqib ketishingiz oson bo`ladi.
- Xastalik bezovta qilayotgan mahal umidsizlikka berilmang. Toki yuragingiz urib turgan ekan, demak, yashashga, yashaganda ham chiroyli yashashga umid bor! Shu haqiqatni unutmang! Xunuk o`ylar bostirib kelsa, darrov o`zingizni chalg`iting-da, o`rnini ijobiy fikru xayollar bilan to`ldiring.
- Imkon qadar ko`proq harakatda bo`lishga intiling. Sport bilan shug`ullanolmagan taqdiringizda ham piyoda ko`proq yuring. Organizmda qon aylanishi yaxshilansa, kayfiyat ko`tariladi, demak, sog`liq tez tiklanadi.
- Toza havodan to`yib-to`yib, chuqur-chuqur nafas oling. Vujudingiz kislorodga to`yinsa, ancha engil tortasiz.
- Kitob o`qing. Iloji bo`lsa, psixologiyaga oid optimistik ruhdagi asarlarni mutolaa qilsangiz, irodangiz yanada mustahkamlanadi.
- Duoga qo`l oching, Yaratgandan astoydil madad so`rang. Bu ham o`ziga xos meditasiya, ya`ni kelajakka ishonch hissini uyg`otuvchi sinalgan usul.
- Yomonlikni unuting, yaxshilikni esa hech qachon unutmang!
06.11.2018 13:44