1

Xorazmlik ayol farzandini 1 000 dollarga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi

Jinoyat 07.11.2018, 12:49
Xorazmlik ayol farzandini 1 000 dollarga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi

Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.

Natijada Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan “Iltifot” qaxvaxonasida 2017 yil 4 noyabr kuni tug`ilgan o`g`lini 1 000 AQSh dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qo`lga olindi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1