AsosiyJamiyat

Toshkent – Termiz yo`nalishida poezdlar haftasiga 3 marta qatnaydi

'Toshkent – Termiz yo`nalishida poezdlar  haftasiga 3 marta qatnaydi 'ning rasmi

"Toshkent – Termiz – Toshkent" yo`nalishida qatnayotgan 4 va 3 sonli yo`lovchi poezdlari 16 noyabrdan boshlab haftasiga 3 marotabadan qatnay boshlaydi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Temir yo`llari matbuot xizmati.

"Poezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan soat 8:53da yo`lga chiqib 20:19da Termiz vokzaliga kirib boradi. Shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40 da Termizdan yo`lga chiqib, soat 18:26 da Toshkentga etib keladi", - deyilgan xabarda.

Qo`shimcha ma`lumotlarni joylardagi temiryo`l kassalaridan va ma`lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar