1

22 ​noyabrdan sovuq suv narxi oshiriladi

Jamiyat 07.11.2018, 15:33
22 ​noyabrdan sovuq suv narxi oshiriladi

«Suvsoz» DUK saytida ichimlik suv ta`minoti va oqova suv chiqarish xizmatlari uchun yangi tariflar e`lon qilindi.

Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklarasiya asosida (6.11.2018 yildagi reestr raqami 15-TG-2018) 2018 yil 22 noyabrdan boshlab Toshkent shahrida yangi tariflar amalga joriy etiladi:

  • suv ta`minoti – 1 m3 uchun 280 so`m, QQSsiz.
  • oqava suv chiqarish – 1 m3 uchun 235 so`m, QQSsiz.

Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 15-son qaroriga asosan Toshkent shahridagi iste`molchilar uchun 2018 yilda ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga 1m3 uchun 100 so`m miqdorida maxsus ustama haq joriy etilgan.

Eslatib o`tamiz, sovuq suv narxi joriy yilning may oyida oshirilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1