"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bugungi kunda ko`plab xayriya aksiyalari tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar davomida muhtojlar, bemorlar va etimlarga ko`mak berilib, moddiy mablag`lar va oziq-ovqatlar taqdim etilmoqda.
Noyabr oyida jamoat fondi tomonidan yana bir tadbir tashkil etildi va unda paxta xirmonini terayotgan terimchilarga sovg`alar ulashildi.
Terimchilarning ko`ngillarini ko`tarish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayriya aksiyasida duoi xayrlar qilindi, terimchilarga sog`liq salomatlik tilandi.







