1

Toshkentda ilk bor «Vino san`ati» festivali o`tkaziladi

Madaniyat 09.11.2018, 10:41
Toshkentda ilk bor «Vino san`ati» festivali o`tkaziladi

Toshkentda joriy yilning 21-23 noyabr kunlarida mamlakatda birinchi marotaba o`tkaziladigan xalqaro vino festivali oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Xorijiy investisiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, O`zbekiston vino san`atini xalqaro miqyosda namoyish etish maqsadida o`tkaziladigan festivalda Rossiya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Bolgariya, Vengriya, Gruziya va boshqa davlatlardan vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislar ishtirok etadi.

«Vino san`ati» uch xil — ilmiy, madaniy va ko`ngilochar yo`nalishlarni o`z ichiga oladigan noodatiy festival sifatida tashkil etiladi va uning doirasida «Vino va uzumchilik sanoatida innovasion texnologiyalar», «Sharq uzumlari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkaziladi.

Shuningdek, madaniy-ko`ngilochar dasturlar, vino san`ati bo`yicha mahorat darslari, mahalliy gastronomik mahsulotlar va milliy hunarmandchilik namunalari ko`rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1