Xitoyning Dunfan shahrida bugundan o`z ishini boshlagan “ShHT yoshlari ekstremizm va terrorizmga qarshi” mavzusidagi assambleyada O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etishmoqda.
Besh kishidan iborat 9-11 noyabr kunlari yoshlar assambleyasida o`tkaziladigan tadbirlarda qatnashib, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Eron, Belorus, Mo`g`ulistondan kelgan hamsblari bilan birgaekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish borasida tajriba almashadi.Tadbirning birinchi kunida yoshlar assambleyasining ochilish marosi hamda ochilish marosimi bilan birga “ShHT modeli” mavzusida konferensiya o`tkazildi.
ShHTning terrorizmga qarshi kurashish hududiy bo`linmasi delegasiyasi – barcha ishtirokchi davlatlar va ularning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatishga, birgalikda hududiy tinchlikni ta`minlashga raxna solayotgan tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor ekanligi ma`lum qilindi.Bunda yoshlar orasida bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Internet tarmog`ida buzg`unkor g`oyalarga qarshi kurashish, tahdidlar monitoringini kuchaytirish va terroristik faoliyatga aloqador shaxslar haqidagi ma`lumotlarni almashish taklif etildi. Tashkilot tomonidan 2017 yil davomida 8584 ta terroristik akt holatlariqayd etilgani, bu esa 2016 yilgi ko`rsatgichlardan 2566 taga kamaygani alohida ta`kidladi. Shuningdek, 2017 yida terrorirstlar tomonidan 18 753 nafar o`ldirilganligi haqidagi statistik ma`lumotlar taqdim etildi. Mazkur masalaning o`ta muhimligi inobatga olgan holda, ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan milliy va hududiy ittifoqlarning tashkil etilishiga kompleks yondashish taklif etildi.
Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo`yicha o`z takliflarini berishdi.
Assambleya ishi davom etmoqda.






