1

Andijonda bir guruh qimorbozlar qo`lga olindi

Jinoyat 09.11.2018, 15:47
Andijonda bir guruh qimorbozlar qo`lga olindi

Paxtaobod tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi harakatlar natijasida tumanning Shuvoqzor-Boykechik mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan dala shiyponlaridan birida qimor o`ynayotgan 7 nafar yigitlar qo`lga olindi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

19-20 yoshlardagi bu o`g`lonlar ayni o`qib, kasb o`rganish yoki biror hunarni o`zlashtirish o`rniga noqonuniy o`yin bilan mashg`ul bo`lishi hech bir insoniy fazilatlar doirasiga sig`maydi, albatta.

— Foydali ijtimoiy mehnat bilan shug`ullanish o`rniga qonunda ta`qiqlangan mashg`ulot bilan band bo`lganimdan afsusdaman, - deydi o`yin ishtirokchilaridan biri Akromjon Alimov (tergovoldi surishtiruv ishlari davom etayotganligi sababli ism-shariflar o`zgartirildi). Ota-onam halol mehnat qilib topgan pulni harom yo`lga sovurishning oqibatini anglab etdim.

Qarta va bir necha yuz ming so`m pul daliliy ashyo sifatida olindi. Yo`l boshidayoq to`g`ri yo`ldan adashgan bu kimsalarga nisbatan Paxtaobod tuman ma`muriy sudi tomonidan qonunga binoan chora qo`llanildi.

Umid qilamizki, bu jazo usuli yoshlarimizga xatolarini anglab olish va kelgusida bu qilmishlarini o`zlarining ijobiy xislatlari bilan oqlashlari uchun xulosa chiqarishlariga imkon beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1