1

Namanganda yosh yigit qotillikka qo`l urdi (video)

Jinoyat 10.11.2018, 12:09
Namanganda yosh yigit qotillikka qo`l urdi (video)

Namangan shahrida yosh yigit qotillikka qo`l urdi.

Ma`lum bo`lishicha, 27 oktyabr kuni Namangan shahridagi «Barlos» kafesida taxminan soat 20.30 lar ikki yigit D.K. va J.S. o`tirganda, ularning suhbatiga N.K. kelib qo`shiladi.

Ular o`rtasida mojaro kelib chiqadi, tortishuv bilan uchovlon ko`chaga chiqadi. 24 yoshli yigit, N.K. shashlikpazning stoli ustidagi pichoqni olib, J.S.ning yurak sohasiga pichoq uradi va u og`ir jarohat tufayli voqea joyida vafot etadi.

Ayni vaqtda mazkur holat buyicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan N.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan qotillik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1