2018 yil 10 noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida yashovchi 6 yoshli D.T. ismli qizaloq oila a`zolari tomonidan nazoratsiz qoldirilishi natijasida gugurt o`ynab xonadagi beshikni yoqib yuborgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada yong`in uy egalari tomonidan o`chirilgan. Oqibatda qizaloq va uning beshikda yotgan ikki oylik ukasi A.T. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






