1

Navoiyda voqea joyidan qochgan talonchi qo`lga olindi

Jinoyat 12.11.2018, 11:34
Navoiyda voqea joyidan qochgan talonchi qo`lga olindi

Shu yil 10 noyabr kuni noma`lum shaxs Navoiy shahrining Navoiy ko`chasida joylashgan bozorchada F.R. (ismli ayol)ning qo`lidagi ichida 120 000 so`m puli bo`lgan hamyonini yulib olib, voqea joyidan kochib ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy ko`chasida yashovchi U.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1