«GM Uzbekistan» AJ tomonidan «AS Qashqadaryo Servis» dilerlik markazi avtomobil savdosi bo`yicha sayyor tekshiruvdan o`tkazilganda avtosalon faoliyatini tashkillashtirishda hamda mijozlar bilan ishlashda ko`plab qonunbuzarlik va qo`pol xatolarga yo`l qo`yilganligi aniqlangan.
Xususan:
- avtomobil savdosida tizimli ishlar yo`lga qo`yilmagani;
- elektron arizalarni qabul qilish, ro`yxatdan o`tkazish, hisobga olishda o`rnatilgan tartiblarga rioya qilmaganlik, xususan ro`yxatga qo`yishda rad javobi berilganlik;
- mijozlarga o`z vaqtida va zaruriy ma`lumotlar berilmaganlik;
- avtomobillarga shartnoma tuzishda navbatga rioya qilinmaganlik;
- mijozni ogohlantirmasdan arizalarni bekor qilish;
- mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi;
- xodimlar faoliyatida korrupsiya alomatlarining mavjudligi, shuningdek mijozlarsiz bir qator shartnomalar rasmiylashtirilganlik holatlari.
Tekshiruv natijasida «AS Qashqadaryo Servis» DK rahbari lavozimidan ozod etilgan. Uning o`rniga yangi rahbar – Hamroev Shuhrat Zokirovich tayinlangan. Uning zimmasiga mavjud xatoliklarni to`g`rilash, dilerlik markazi faoliyatini sifat va xizmat jihatdan yangi darajaga ko`tarish topshirilgan. Sh.Hamroev bundan avval Qashqadaryo viloyati yoqilg`i-energetika savdosi majmuasida faoliyat yuritgan.
Tekshiruv natijasida aniqlangan hujjatlar Qashaqadaryo viloyati huquq-tartibot organlariga ekspertiza uchun topshirildi.






