Jizzaxdagi mehmonxonada o`tkazilgan tezkor tadbirda og`ufurush qo`lga olindi

Jinoyat 12.11.2018, 20:20
Jizzaxdagi mehmonxonada o`tkazilgan tezkor tadbirda og`ufurush qo`lga olindi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida joylashgan mehmonxonalardan birida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvand moddalarning g`ayriqonuniy aylanishi bilan bog`liq jinoyatni fosh etishdi.

Xorijiy davlat fuqarolari D.Z va D.M ismli shaxslarga tegishli chemodan-keys ichi ko`zdan kechirilganda, uning tag qismiga maxsus joylashtirilgan holdagi 1 dona qora polietilen o`ramda bo`lgan, jami og`irligi 1 kg 170 grammni tashkil etuvchi “geroin” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Tekshiruv vaqtida D.Z ning yonidan ham 73 dona kichik va 5 ta katta polietilen o`ramdagi, jami og`irligi 720 gramm bo`lgan “geroin” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning xatti-harakatlari shubha uyg`otganligi sababli ikkala fuqaro ham Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga olib borilib, ichki tana a`zolari shifokor ko`rigidan o`tkazildi.

Ko`rik xulosasiga ko`ra D.Z ning ichki a`zolaridan yana qo`shimcha 27 dona polietilen o`ramlarda, jami og`irligi 157 gramm bo`lgan “geroin” giyohvandlik moddasi borligi ma`lum bo`ldi.

Natijada, o`ramlari bilan birga jami 2 kg 47 gramm, sof og`irligi esa 1639.63 gramm bo`lgan “geroin” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayni vaqtda ushbu giyohvandlik moddasini qaerdan olinganligiga aniqlik kiritish maqsadida qo`shimcha tezkor qidiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1