1

Andijonda fermer ayolini urib o`ldirdi

Jinoyat 14.11.2018, 09:58
Andijonda fermer ayolini urib o`ldirdi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yana bir mudhish voqea yuz berdi. Tumandagi fermer xo`jaliklaridan birining rahbari uzoq yillardan buyon umumta`lim maktabida o`qituvchi bo`lib ishlab kelayotgan turmush o`rtog`ini urib o`ldirdi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davom etayotganligi sababli aniq manzil va ism-shariflar haqida aniq ma`lumot bera olmaymiz.

Ma`lum bo`lishicha, oila o`rtasidagi mudhish voqeaga o`zaro kelishmovchilik, xususan, erning spirtli ichimlik ichishga moyilligi sabab bo`lgan.

Ya`ni, ikki farzandning otasi bo`lmish oila boshlig`i mudhish voqea yuz bergan kuni o`z xonadonida spirtli ichimlik iste`mol qilmoqchi bo`lgan. Bundan dili ranjigan ayol e`tiroz bildirgan va buning o`rniga qishki mavsumga tayyorgarlik ko`rishga chaqirgan. Ichkisi kelib turgan erkak esa xotinini aroq shishasi va temir parchasi bilan urib (savalab), tanasining turli qismlariga 72 ta tan jarohati etkazgan.

Ko`p miqdorda olingan tan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida hayotdan ko`z yumgan. Ichkilikka ruju qo`ygan oila boshlig`i ayni paytda Paxtaobod tuman prokuraturasida ko`rsatma bermoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1