O`zA internet tezligining 10 barobar oshirilishi bilan bog`liq savol bilan O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat qilgan.
Vazirlik internet tezligi masalasi bilan “O`zbektelekom” AK shug`ullanishini bildirgan.
“O`zbektelekom” AK mas`ul xodimi Yunus Kamolovning javob berishicha, shu yilning 1 dekabr sanasidan O`zbekistonda internet tezligi aynan Prezident aytganidek, 10 barobarga oshiriladi. Hozirda texnik ishlar yakuniga etkazilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarda internet 10 barobarga tezlashishi qayd etilgan.