1

2019 yilda davlat byudjeti tushumi qancha bo`lishi aytildi

Iqtisodiyot 18.11.2018, 11:50
2019 yilda davlat byudjeti tushumi qancha bo`lishi aytildi

2019 yilda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining tushumi 102,6 trln. so`m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,2 foiz darajasida bo`lishi prognoz qilinmoqda. Davlat byudjetiga tushumlarning joriy yil ko`rsatkichiga nisbatan 37,8 foiz o`sishi rejalashtirilmoqda.

Davlat byudjeti daromad qismining tushumi bevosita soliqlar bo`yicha daromadlar hisobiga 20,7 trln. so`m, bilvosita soliqlar bo`yicha 55,5 trln. so`m miqdorida, resurs soliqlar va mol-mulkka solinadigan soliqlar bo`yicha 14,6 trln. so`m, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo`yicha 10,7 trln. so`m, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo`yicha 0,3 trln. so`m miqdorida bo`lishi kutilmoqda.

2019 yil davlat byudjeti xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo`naltiriladi

2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 107,1 trln. so`mni tashkil etadi. Bu o`tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko`p bo`lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo`naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln. so`mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o`sishi avvalgi yilga nisbatan 34,4 foiz ko`payadi.

Maktabgacha ta`lim muassasalarini moliyalashtirishga 4,0 trln. so`m, umumiy ta`limga 17,1 trln. so`m yo`naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag`lar 3,8 trln. so`mni tashkil etadi.

Sog`liqni saqlashni moliyalashtirishga esa,12,1 trln. so`m yo`naltiriladi yoki avvalgi yilga nisbatan 30,5 foiz o`sish bilan umumiy xarajatlarga nisbatan 11,3 foizni tashkil etadi.

Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trln. so`m, ilm-fanga 0,8 trln. so`m yo`naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam to`lash va kompensasiya to`lovlari uchun xarajatlar o`tgan yildagiga nisbatan 61,8 foiz oshgan holda 5 267,2 mlrd. so`mni tashkil etadi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trln. so`m yo`naltiriladi, bu esa, 478 ta aholi punktida turmush sharoitlari yaxshilanishini ta`minlaydi.

Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida 2019 yilda 372 ta ob`ektda ichimlik suv ta`minoti va kanalizasiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda modernizasiyalash, 1 916,1 km uzunlikdagi suv o`tkazish tarmog`ini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida markazlashgan suv ta`minotini qamrab olish 2019 yilda 77,0 foizga etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1