Toshkent moda haftaligi doirasida hindistonlik mashhur dizayner Ritu Berining mualliflik namoyishi bo`lib o`tadi.
22 noyabr kuni taniqli hind dizayneri Ritu Beri Toshkentda o`z liboslar to`plamini namoyish etadi. Ritun hind modasining birinchi xonimi deb atashadi.
Kunutun nashrining yozishicha, u o`z liboslarini Parijda tadim etgan ilk hind dizayneri hisoblanadi. U yaratgan liboslarni Nikol Kidman, Letisiya Kasta, Madxuri Diksit kabi mashhur aktrisalar kiygan.
Ritu shuningdek, Nyu-Delidagi Moda texnologiyalari Milliy instituti boshqaruv Kengashi a`zosi bo`lib, hind ayollari hayotini yaxshilashga ko`maklashadigan Savera Association xayriya assosiasiyasining fahriy patroni hamdir.
Ma`lumot uchun: Tashkent Fashion Week shu yilning 21 noyabridan 26 noyabriga qadar bo`lib o`tadi.