1

Toshkentda maktab o`quvchilari o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi

Jinoyat 18.11.2018, 13:36
Toshkentda maktab o`quvchilari o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi

Toshkentning Olmazor tumanida 14 noyabr kuni maktab o`quvchilari o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi.

Poytaxt IIBB ma`lumotiga ko`ra, boshlangan mojaroda olti nafar o`quvchi ishtirok etdi.

Mushtlashuv oqibatida 16 yoshli ikki nafar 28-maktabning o`quvchisi – o`rta og`irlikdagi jarohatlarni olishdi.

Shuningdek, uch nafar o`smirlar 16 yoshli va 14 yoshli 159-maktab o`quvchilari va 16 yoshli akademik lisey tinglovchisi Jinoyat kodeksining “bezorilik” moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etida gumonlanuvchi deb topildi.

Tergov davomida mushtlashuvning sabablari va motivlari aniqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1