1

2014 yilda AQShda har besh mashinaning bittasini qaytarib olindi

Hi-tech 22.10.2014, 12:43
2014 yilda AQShda har besh mashinaning bittasini qaytarib olindi

Amerikalik ekspertlar keng miqyosda o`tkazilgan kampaniyani yakunlashdi. Natijalarga ko`ra, 2014 yil davomida 52 millionga yaqin avtomobil xizmat ko`rsatish stansiyalarga yuborilgan.

CNN Moneyning ma`lumot berishicha, xizmat ko`rsatish kampaniyasida AQShda har beshta mashinaning bittasi ishtirok etgan.

Bu bilan Qo`shma shtatlar o`n yil davomida ushlab turilgan rekordni yangiladi. 2004 yili turli sabablarga ko`ra 30.8 million mashina qaytarib olingandi.

Bu borada General Motors etakchi hisoblanmoqda. Konserni tashabbusi bilan 2014 yili jarayonlarda qatnashgan deyarli yarim avtomobil qaytarib olingan. Tasdiqlanishicha, ishlab chiqaruvchi nosozliklarga ko`z yumgan yoki bu haqida keyinchalik xabar berilgan. Natijada 70 kishi hayotdan ko`z yumdi.

CNN Moneyning ta`kidlashicha, o`t oldirish tizimining yaxshi ishlamasligi GM mashinalarini qaytarib olishning asosiy sabab bo`lgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1