AsosiyJamiyat

Samarqand Inson huquqlari forumiga tayyorlanmoqda

'Samarqand Inson huquqlari forumiga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Samarqandda chorshanba kuni Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi bo`lib o`tadi, deb xabar qilmoqda O`zA.

Ushbu forum Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan, O`zbekiston prezidentining tashabbusiga ko`ra tashkil qilingan. Ayni damda forumga tayyorgarlik ishlari qizg`in olib borilmoqda.

- Xorijiy va mahalliy mehmonlarni kutib olish uchun Samarqand xalqaro aeroporti va temiryo`l vokzalida barcha sharoit yaratildi, – deydi Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari, forumga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shtab rahbari R.Qobilov. – Forum ishtirokchilariga transport ajratish, mehmonxonaga joylashtirish, gid-tarjimon xizmati ko`rsatish, shahar bo`ylab sayohatga olib chiqish bo`yicha mas`ullar va chora-tadbirlar belgilangan. Mehmonxonalarda mutasaddi idoralar mas`ul xodimlaridan iborat guruhlar tashkil etilib, navbatchilik yo`lga qo`yildi. “Zilol-baxt” mehmonxonasida viloyat shtabi va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot markazi tashkil etilib, zarur jihoz va texnik uskunalar bilan ta`minlandi.

Shaharni xalqaro forum ramzi va uning mavzusiga mos ko`rgazmali vositalar bilan bezatish ishlari ham tegishli ishchi guruh tomonidan olib borilmoqda. Shahardagi mutasaddi korxona va tashkilotlar ham mazkur xalqaro tadbirni yuksak saviyada, Samarqandga xos mehmondo`stlik bilan o`tkazishga taraddud ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar