Avvalroq, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O`zbekiston matbuot va axborot agentligi kubogi uchun mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida mini-futbol musobaqasi o`tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 15 noyabr kuni musboaqada ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish to`xtatildi. Shu kunga qadar musobaqada qatnashish uchun 24ta jamoa ariza taqdim etdi. Ular orasida nashriyotlar ko`pchilikni tashkil etayotganligi e`tiborga molik.
2018 yil 19 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionning anjumanlar zalida mazkur musobaqaga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Qur`a natijasida jamoalar 6 ta guruhga taqsimlandi.
“A” - guruhi
“Xalq so`zi” gazetasi
Zoʻr TV
G`afur G`ulom nashriyoti
O`zbekiston milliy ensiklopediyasi
“V” - guruhi
“O`zbekiston” nashriyoti
Uzreport telekanali
Cho`lpon nashriyoti
“Yoshlar ovozi” gazetasi
“S” - guruhi
“Sharq” NMAK
“Turon 24” axborot agentligi
“Tasvir” nashriyoti
Toshkent viloyati matbuot boshqarmasi
“D” - guruhi
O`zbekiston matbuot va axborot agentligi
“O`qituvchi” nashriyoti
“Movarounnahr” nashriyoti
O`zbekiston milliy axborot agentligi
“E” - guruhi
Respublika monitoring markazi
“Mahalla” gazetasi
O`zbekiston milliy kutubxonasi
www.kun.uz sayti
“G`” - guruhi
“Ma`rifat” gazetasi
“Madaniyat va ma`rifat” telekanali
“Nuroniy” noshirlik uyi
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasi.
Nizomga ko`ra o`z guruhlarining g`oliblari hamda 2-o`rin sohiblari orasida eng yaxshi ko`rsatkichga ega ikkita jamoa pley-off bosqichida kurashni davom ettirishadi. O`yinlar joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O`zbekiston futbol assosiasiyasi sun`iy qoplamali maydonlarida o`tkaziladi.






