Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Farmonga muvofiq, endilikda Fransiya fuqarolari O`zbekiston hududiga tegishli vizani rasmiylashtirmasdan 30 kungacha kirishlari mumkin.






