AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda yangi nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro`yxatidan o`tkazildi

'Qoraqalpog`istonda yangi nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro`yxatidan o`tkazildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo`limi Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko`maklashish markazining Qoraqalpog`iston bo`limini davlat ro`yxatidan o`tkazdi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Qoraqalpog`iston Respublikasida ziyolilar salohiyatini birlashtirish, tadqiqot ishlarini olib borish orqali hududni iqtisodiy rivojlantirishga va modernizasiyalashga ko`maklashishdan iborat. Shuningdek, iqtisodiy “texnopolis” va “klaster”larni rivojlantirishda ishtirok etadi.

Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko`maklashish markazi Boshqaruv Kengashining qarori bilan markazga Ayzada Nurumbetova rahbar etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar