AsosiyJamiyat

Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlandi

'Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlandi'ning rasmi

2018 yil 20 noyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi D.U. (ayol) uyida qo`lbola isitish pechiga ulangan tabiiy gazni yoqib nazoratsiz qoldirgan.

Oqibatda gaz o`chib qolib, undan sizib chiqqan is gazidan o`zi, qizi va uyida mehmonda bo`lgan 4 nafar qarindoshlari zaharlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ularga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilib, uylariga ruxsat berilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar