AsosiyJamiyat

Samarqandda "Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi" o`z ishini boshladi

'Samarqandda "Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi" o`z ishini boshladi'ning rasmi

Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan Samarqandda tashkil etilgan “Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi” boshlandi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Forum yalpi majlis bilan ochildi. So`ngra xalqaro anjuman ishtirokchilari “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi merosi – universallik va inson huquqlari”, “Inson huquqlari – Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta`minlash asosi sifatida”, “Inson huquqlari sohasi ta`limi: innovasiyalar va yangi da`vatlar” va “Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlarning inson huquqlari hurmat qilinishi, himoya etilishi hamda ularga rioya qilinishini ta`minlash masalalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o`zaro hamkorligi”, deb nomlangan to`rtta sessiyada muayyan mavzular bo`yicha muloqot olib boradilar.

Osiyo forumi yakunida Inson huquqlari bo`yicha Samarqand deklarasiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarish istiqbollariga bag`ishlanadi.

    Boshqa yangiliklar