AsosiyJamiyat

"Xavfsiz shahar" jamoat tartibiga ko`maklashish markazi tashkil etiladi

'"Xavfsiz shahar" jamoat tartibiga ko`maklashish markazi tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrda “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat axborot sohasida yagona davlat siyosati ro`yobga chiqarilishining samaradorligini oshirish, telekommunikasiya, axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash sohasidagi nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha inspeksiya hamda mazkur vazirlikning Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta`minlashga ko`maklashish markazini tugatish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.

Umumiy shtat birligi 198 nafar, shu jumladan, hududiy bo`linmalarda – 110 nafar bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi davlat unitar korxonasi shaklida Texnik ko`maklashish markazi;

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko`maklashish markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta`minlashga ko`maklashish markazining bo`shayotgan 135 nafar shtat birligi Markazga o`tkaziladi.

Davlat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha inspeksiyaning huquq va majburiyatlari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar