1

Ichki ishlar organi xodimlari o`limiga sabab bo`lgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 23.11.2018, 10:02
Ichki ishlar organi xodimlari o`limiga sabab bo`lgan shaxslarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, Andijon viloyati Izboskan tuman ichki ishlar bo`limi tezkor vakillari S.Ya. va I.X. xizmat vazifasini o`tayotgan vaqtda bir guruh bo`lib ketayotgan fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida ularni to`xtatishadi.

Z.T., S.N., F.Yu., E.E., A.S., X.M. va A.J. ismli shaxslar huquq posbonlarining qonuniy talabiga bo`ysunishni istamaydi.

Ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan A.J. telefon orqali ukasi S.J. va jiyani Z.Q.ni voqea joyiga chaqirgan. Ular birgalikda ichki ishlar xodimi S.Ya.ni urib, tan jarohati etkazishgan, I.X.ni esa qo`l va oyoqlari bilan urib, qasddan o`ldirishgan.

S.Ya. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan A.J., S.J. va Z.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g”, “l”, “p” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Surxondaryo viloyati Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo`linmasi 1-sonli ichki ishlar bo`limi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan “Damas” rusumli 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarayotib, “Bog`ishamol” mahallasi Alisher Navoiy ko`chasida xizmat vazifasini o`tayotgan yo`l-patrul xizmati katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyati filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, P.Ch.ning o`limiga bosh miya yopiq jarohati, ko`plab suyak sinishi jarohatlari, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi sabab bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1